AsosiySUG'DIYONA

Sofiya Rotaruning 14 yoshli nabirasi go`zalligi bilan qalblarni zabt etmoqda(Foto)

Aksariyat shou-biznes vakillarining farzandlari ham aynan mana shu yo`nalishdan borishi yangilik emas. Xuddi shuningdek,Rossiyalik xonanda Sofiya Rotaruning 14 yoshli nabirasi Sofiya Evdokimenko ham modellik faoliyatini boshladi.

Sofiya faol tarzda fotosessiyalarda qatnashmoqda. Yaqinda u taniqli Ukraina brendlarining biri taqdimotida model sifatida ishtirok etdi.

Sofiya kiygan liboslar uning xushbichim qaddi-qomatiga yanada ko`rk bag`ishlagan.

Yosh modelning ijtimoiy tarmoqlardan biriga joylagan akasi bilan tushgan surati ham internet foydalanuvchilariga manzur bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha,Sofiyaning 22 yoshli akasa Anatoliy musiqachi. Hozirda Anatoliy Londonda tahsil olmoqda.  

Manba:Lady.ru

    Boshqa yangiliklar