AsosiyShou-biznes

Alen Delonning o`g`li Diorning yuziga aylandi

21 yoshli Alen-Faben brendning bahorgi reklama kampaniyasida qatnashdi.

Alen Delon va fransuz Dior  modalar uyini bir necha yillardan beri reklama uchun tuzilgan shartnoma birlashtirib turardi. Mashhur fransuz aktyori Alen Delon afsonaviy, erkaklar ifori bo`lmish Eau Sauvage ning yuzi edi. Endi estafeta tayoqchasi meros sifatida uning o`g`li Alen-Fabenga o`tdi. U Dior Homme modalar uyi tashkil etgan bahor va yozgi reklama kampaniyasining bosh qahramoniga aylandi.

Dior Homme modalar uyining kreativ direktori Kris Van Ash u haqda “Yigitcha otasiga o`xshab, juda ham ko`rkam, kameraga dadil qaraydi ”, deya izoh berdi. Bu Alen-Fabenning moda olamidagi ilk debyuti emas, mashhur familiya bundan ikki yil oldin ham podiumda tantanovor jaranglagan edi, o`shanda u  Gucci ning Milandagi kasting namoyishida qatnashgandi. Shundan keyin uning rasmlari mashhur moda jurnallarining muqovalarida chop etila boshladi, mana endi esa muvaffaqiyatli moddellik karerasini va`da qiladigan reklama shartnomasi tuzildi.

Mashhur Gollivud aktyorlarining farzandlarini Parij podiumlarini zabt etishlari uchun Fransiyaga yuborishlari an`anaga aylandi. Alen-Faben ham boshqa yulduzli oila farzandlari kabi moda biznesida faoliyat yuritishni istadi. Mashhur aktyorlar Dilan Brosnan va Pamel Andersonning o`g`li Dilan Li  Yves Saint Laurent, Patrik Shvarsnegger — Tom Ford, Skott Istvud — Hugo Boss, Jonni Depp va Lili-Rouz ning qizi—  Chanel modalar uyining reklamalarida suratga tushishgan.

 

    Boshqa yangiliklar