AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati sobiq hokimi Ahmadjon Usmonovning senatorlik vakolati tugatildi

O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasida 4 fevral, payshanba kuni komissiya raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov rahbarligida majlis bo`lib o`tdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda O`zbekiston Oliy Majlisining Senati a`zosi Ahmadjon Usmonovning xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to`g`risida masala ko`rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Eslatib o`tamiz, 4 fevral, payshanba kuni O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonovni lavozimidan ozod etish to`g`risidagi farmonni imzoladi. Shu kuni Sodiq Abdullaev Toshkent viloyatining yangi hokimi etib tayinlandi. U bungacha viloyatning Zangiota tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar