AsosiyJamiyat

2015 yilda O`zbekistonda 1134 nafar fuqaro oylik o`z vaqtida berilmasligidan shikoyat qilgan

“...Ish beruvchilarga nisbatan 590 dan ortiq bajarilishi majburiy bo`lgan yozma ko`rsatmalar berilgan 515 nafardan ortiq mansabdor shaxslarga nisbatan ma`muriy jarimalar qo`llanilgan...”

Bu raqamlar O`zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi tomonidan sohaga doir o`tkazilgan matbuot anjumanida taqdim etildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig`i Botir Shaxriyorovning bergan ma`lumotiga ko`ra, jismoniy va yuridik shaxslarning xo`jalik yurituvchi sub`ektlariga aloqador 4 mingga yaqin ariza va shikoyatlari ko`rib chiqilgan, jumladan, ish haqini o`z vaqtida to`lanmasligi bo`yicha 1134 ta, noqonuniy ravishda mehnat shartnomasini bekor qilish masalasida 679 ta, kvota va bo`sh ish o`rinlari to`g`risida tegishli axborotlarni taqdim etmagan holatlar bo`yicha 1450 ta, bo`sh ish o`rinlarini yashirishga doir 1295 ta murojaatlar ko`rib chiqilib, ish beruvchi-mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli ta`sir choralari qo`llash orqali 2200 nafarga yaqin fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanib, 1700 dan ortiq ishchilarga 10,5 mlrd.so`m ish haqi to`latib berilgan.

    Boshqa yangiliklar