Janubiy Koreyaga Inchxon Seul xalqaro aeroporti orqali uchib kelayotgan sayyohlarga bepul tarzda smartfonlar taqdim etiladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur aksiya tashabbuskorlari SK Telekom mahalliy uyali aloqa operatori, Milliy turizm tashkiloti va Samsung kompaniyasi hisoblanadi.
Aksiyada ishtirok etishni istagan sayyohlar besh kun davomida sim-karta o`rnatilgan va internet uchun bir gegabayt trafik ulangan Samsung Galaxy Note 5 smartfonidan foydalanishi mumkin.
Bepul smartfonlarni haftasiga 250 kishi qo`lga kiritishi mumkin. Shunday qilib, mamlakat hududida bepul smartfonlardan yiliga 12 ming sayyoh foydalana oladi.
Gadjetni qo`lga kiritish niyatida bo`lgan sayyohlar Milliy turizm tashkiloti rasmiy saytida ariza qoldirishi kerak.
Ariza namunasi yaqin kunlarda tashkilot saytiga joylanadi. Aksiya aynan qachondan boshlanishi oshkor etilmagan.





