Shveysariyada barcha fuqarolarga ishlash-ishlamasliklaridan qat`i nazar 2500 Shveysariya franki (yoki 2250 evro) to`lash taklifi, bolalarga esa 625 frankdan pul to`lash rejaga kiritildi, deb xabar beradi “Independent” nashri.
Bu masala Shveysariyada ovozga qo`yish yo`li bilan hal qilinadigan bo`ldi. Hozircha Shvesariya dunyoda bu masalani ko`targan yagona mamlakat bo`lib qolmoqda.
Taklif kiritgan iqtisodchilar guruhi mamlakat fuqarolarini bu kafolatlangan taklif unchalik qiziqtirmasligiga, ular baribir mehnat qilishdan to`xtamasliklariga ishonchi komil. Buni aholi orasida o`tkazilgan so`rovnoma ham tasdiqlaydi, faqatgina 2 foiz aholigina ish tashlashini, 8 foizi esa sharoitdan kelib chiqib, balki ishlamasligi mumkinligini aytib o`tgan. Taklif mazkur yilning iyun oyida ovozga qo`yiladi.
G`oyani amalga oshirish Shveysariya hukumatiga yiliga 208 milliard frankka tushadi. Bu mablag`ning 150 milliardini soliqlardan, qolganini esa ijtimoiy sug`urta jamg`armasidan olish nazarda tutilgan.
So`rovnoma natijalari bo`yicha 1 076 kishi agar yuqoridagi taklif kuchga kiradigan bo`lsa, ishlamasligini tan olgan, shuningdek 56 foiz aholi bunday qonun kuchga kirishiga umuman ishonmagan.





