"Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini mavsum yakunida o`z lavozimidan ozod etiladi va uning o`rnini Myunxenning "Bavariya" klubi ustozi Xosep Gvardiola egallaydi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
Ingliz klubi bilan kelishuvga ko`ra, 45 yoshli mutaxassis uch yil davomida "shaharliklar"ni boshqaradi.
Pellegrini "Manchester Siti"ni 2013 yilda qabul qilib olgan va birinchi mavsumdayoq jamoa bilan Angliya chempionati va Liga Kubogida zafar quchgan edi.





