AsosiySalomatlik

Ortopedik poyafzalning foydasi bormi?

Qizimga 1,5 yoshidan boshlab, ortopedik poyabzal kiydiraman. Yassioyoqlik hisobiga tizzasi ichki tomonga biroz kirgan nazarimda. 4 kurs massaj oldik, ammo o`zgarish bo`lmadi. Maxsus ortopedik poyafzal kiydirib yurishimdan naf bo`larmikan? Ulg`aygach oyog`i to`g`irlanadimi?

Odina Komilova, Toshkent shahri

 

Savolga shifokor – ortoped Botir KARAEV javob beradi: 

— Muolaja belgilanishida yassioyoqlikni keltirib chiqargan omil o`rganiladi. Keyinchalik biror asorati bo`lmasligi uchun muolaja davomli tarzda olib borilgani ma`qul. Farzandingiz tizzasining ichki tomonga kirganligi raxit asorati bo`lishi ham mumkin. Sizga maslahatim, fiziomuolaja, oyoqlar uchun gimnastika va ortopedik poyabzaldan foydalanishni to`xtatmang. Natijasi hozir sezilmayotgan bo`lsada, bola ulg`aygach oyoq suyaklari to`g`irlanishi lozim.

 

    Boshqa yangiliklar