Kanada poytaxti Ottava shahrining g`arbiy qismida bo`lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo`ldi va yana bir odam yaralanadi.
Shifokorlarning ma`lumotlariga ko`ra, yaralangan odamning ahvoli og`ir.
Polisiya tomonidan gumondorlar qidirilib, voqeaga guvoh bo`lgan kishilar so`roq qilinmoqda. Yaqinda Kanadaning Toronto shahri markaziy qismida ro`y bergan otishmada ikki kishi halok bo`lgan va uch kishi yaralangan edi, deb xabar beradi TASS.
Otishmaga janjal sabab bo`lgan deb gumon qilinmoqda. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, besh kishilik guruh tarkibida bo`lgan erkak sheriklariga qarata o`t ochgan.
01.02.2016 10:01





