AsosiySUG'DIYONA

Olimlarning fikricha selfi muhabbatni so`ndiradi

Amerikalik mutaxassislar o`z-o`zini suratga olish munosabatlar uchun xavfli ekanligini isbotladi.

Bu borada zamonaviy texnologiyalar aybini fosh qiluvchi dalillar bilan britaniyalik olimlar bizni xursand qilishgandi, endi estafetanini amerikalik olimlar ilib ketishdi. Florida universiteti xodimlari o`tkazgan tadqiqotga ko`ra, akkauntingizdagi selfilar soni qanchalik ko`p bo`lsa, ikkinchi yarmingiz bilan orangizga sovuqchilik tushish xavfi shunchalik kuchli bo`ladi.

Olimlar “Instagram” ijtimoiy tarmog`idan foydalanuvchi 18 dan 62 yoshgacha bo`lgan 420 nafar odam orasida so`rovnoma o`tkazib, eng ko`p o`zini suratga tushirgan insonning juftidan ayrilish xavfi kuchli bo`ladi degan xulosaga kelishdi..

Psixologlarning tushuntirishicha, kimda-kim selfi muxlisi bo`lsa, u o`z tashqi qiyofasidan mamnun va buni hammaga ko`z-ko`z qilishni istaydi. Ijtimoiy tarmoqda sevgan insonining rasmini ko`rgan jufti esa bundan ranjiydi. Rashk bo`lgan joyda esa albatta, ko`z yosh, janjal, xiyonat bo`lishi tabiiy hol…

    Boshqa yangiliklar