AsosiyDunyo

“Boko Xaram” terrorchilik guruhi 80 nafar nigeriyaliklarni qatl etdi

“Islom davlati”(DAISh) terrorchilik guruhi nafaqat Suriya va Iroqda, balki boshqa davlatlarda ham o`zining jirkanch ishlari bilan shug`ullanmoqda.

“Islom davlati”(DAISh)ga sodiqlikda qasam ichgan “Boko xaram” terrorchilik guruhi Nigeriya shimoliy-g`arbidagi qishloqlardan birida terakt sodir etdi.

“Vesti”ning xabar berishicha, terakt oqibatida 80 nafar nigeriyaliklar halok bo`ldi.

“Boko xaram” hujum qilgan qishloq aholisining aksariyat qismini xristianlar tashkil etadi. Baxtli tasodif tufayli terrorchilar hujumidan omon qolgan guvohlarning aytishicha, terrorchilar hech kimga shafqat qilmagan. Ular qishloq aholisini bir boshidan otib tashlagan yoki tiriklay yoqib yuborgan.

    Boshqa yangiliklar