“Islom davlati” terrorchilik guruhi o`zining 20 nafar jangarisini o`zboshimchalik uchun qatl etdi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.
Jangarilar Iroqning Mosul shahri yaqinida qo`lga olindi va jazoga tortish uchun shariat sudiga topshirildi. Sud jangarilarning boshini tanasidan judo qilish jazosini tayinladi.
Qatl shahar markazida, terrorchilik guruhi rahbarlari va yuzlab jangarilar ishtirokida amalga oshirildi.
Iroqdagi hududining kattaligi bo`yicha ikkinchi o`rinda turuvchi Mosul shahri “Islom davlati” terrorchilik guruhining asosiy markazi bo`lib qolmoqda.





