Saudiya Arabistonida terrorizmga aloqadorlikda gumonlanayotgan 33 kishi qo`lga olindi, deb xabar beradi “Vesti” nashri. Qo`lga olinganlar orasida chet el mamlakatlari, jumladan AQSh va Qozog`iston fuqarolari ham bor.
Polisiyachilar to`qqiz nafar amerikaliklar va Qozog`iston fuqarosi, ikki nafar suriyalik, indoneziyalik va filippinliklarni qo`lga olgani ta`kidlanmoqda.Bundan tashqari, polisiyachilar 14 nafar Saudiya Arabistoni fuqarosini, uch nafar yamanliklarni, bir nafar BAA va Falastin fuqarosini qo`lga olishga muvaffaq bo`ldi.
29 yanvar kuni Saudiya Arabistonidagi Imom Roziy masjidida namoz o`qilayotgan paytda ikki xudkush terrorchi kirishga uringan. Xavfsizlik xizmati xodimlari masjidga kirish yo`lida ikki terrorchini qo`lga olgan. ulardan biri o`zini portlatib yuborgan. Shundan so`ng polisiyachilar va terrorchilar o`rtasida otishma boshlanib ketgan. Ikkinchi terrorchi qo`lga olingan, uning yonidan portlovchi uskunalar topilgan. Terakt oqibatida to`rt kishi halok bo`lgan, 36 kishi, xususan uch nafar xavfsizlik xodimlari yaralangan.





