"Barselona" hujumchisi Neymar ispaniyalik jurnalist Manolo Lamani yolg`onchilikda aybladi.
Gap shundaki, Lama yaqinda bergan xabarda/ braziliyalik hujumchi Madriddagi restoranlardan birida bo`lgani va tun yarmiga qadar do`stlari bilan o`tirgani haqida aytilgan edi.
O`z navbatida futbolchi bunga javoban videolavha tayyorlab, quyidagi gaplarin aytgan: "Sen kecha men Madridda bo`lganimni aytding. Endi esa to`g`risini gapir, sen shunchaki ahmoqsan. Bu jurnalist safsata sotmoqda", - degan.





