Xonanda Lola hamkasbi Tamilaning videotasvirlarini tarqatganlarga nisbatan o`z fikrini bildirdi. Garchi, Lola bevosita Tamilaning ismini keltirib o`tmagan bo`lsa-da, gap aynan u haqida ketayotganini anglash qiyin emas.
O`zining “Instagram”dagi sahifasida quyidagi surat ostiga Lola shunday deb izoh qoldirgan.

“Oyoqlar. Krossovka. Devor. Siz bu suratda nimani ko`ryapsiz, do`stim? Suratda mentalitetimizga to`g`ri kelmaydigan nojo`ya xatti-harakatlar, qadriyatlarimizni behurmat qiluvchi va ularga rioya etilmagan jihatlar yo`qligiga qaramay, siz unda yashiringan mana shunday hayosiz mazmun ko`rayotgan bo`lsangiz ham ajablanmayman. Mentalitetimizning o`ziga xos xususiyati qalblardagi yorug`likni supurib yuborayotgan supurgiga o`xshagan-til bo`lib qolayotganini anglash naqadar qayg`uli. Nahot, siz bundan zavq olsangiz? Kimnidir muhokama qilish, balchiqqa bulg`ash, ayblarini ochib tashlash, tahqirlash, tuhmat qilish va lazzatlanish... Bu o`rganib qolish (qaramlik)! Xuddi piyonista va giyohvandlar muntazam ravishda ma`lum doza ichmay, chekmay turolmagani kabi, bizning xalqimizga ham g`iybat va shov-shuvning kunlik ma`lum dozasi kerak. Bu g`iybat va shov-shuvni tarqatadiganlar esa ruhiy lazzat oladi. Ular kimnidir g`iybat qilib, o`zining naqadar buyukligini his etadi. Kecha bir voqeaning guvohi bo`ldim. Unda kap-katta odamlar bir xonandaning 'Avval' va 'Keyini' aks etgan shaxsiy videosini mazza qilib tomosha qilayotgandi. Ishonuvchan va ahmoq qiz hamda adoyi tamom bo`lgan inson bo`lish, nazarimda,mazkur videoni tarqatayotgan achinarli sirtlon bo`lgandan ko`ra yaxshiroq. Mazkur videorolikni mag`rurlanib, o`z saytida joylashtirayotgan va tarqatayotgan insonlarning o`zi ham kun kelib shunday holatga duch kelishadi. Ammo asl mohiyat bunda ham emas. Birov haqida yozishdan va biron narsa deyishdan oldin, o`rningizdan turing va o`sha insonning o`rniga o`zingizni qo`yib ko`ring va bu narsaning sizga nima uchun kerakligi haqida o`ylang!”,- dedi Lola.
Ma`lumot uchun,ijtimoiy tarmoqlar orqali xonanda Tamila ishtirokidagi behayo videoroliklar tarqalganidan so`ng, xonandaning prodyuseri u bilan shartnomani bekor qilgan edi.





