AsosiyJamiyat

“Baron”ni tarqatib yuborgan “videoqaroqchilar”ga nisbatan Soliq qo`mitasi va IIV chora ko`radi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida davlat mablag`lari hisobidan ishlab chiqarilgan va mutlaq huquqlari agentlikka tegishli bo`lgan «Baron» nomli badiiy film hozirgi kunda kinoteatrlarda keng namoyish etilmoqda, deya xabar bermoqda “O`zbekkino”.

«Biroq Toshkent shahri va viloyatlardagi bir qator bozorlar va boshqa savdo hududlarida ushbu filmning kontrafakt nusxalari noqonuniy tarzda sotilayotgani haqidagi haqidagi xabarlarning paydo bo`lishi agentlik tomonidan Intellektual mulk agentligi, Davlat soliq qo`mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda aniq choralar ko`rishni taqazo qildi», — deyiladi agentlik xabarida.

Hozirgi kunda «Baron» filmining kontrafakt nusxalari tarqatilishiga chek qo`yilishini ta`minlash bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining tegishli Ishchi guruhlari a`zolari bilan hamkorlikda monitoring tadbirlari tashkil etilmoqda.

Aniqlangan har bir qonunbuzilish holatlari bo`yicha vakolatli davlat organlari tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan ma`muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko`rilib, ular tomonidan etkazilgan moddiy zararlarning to`liq undirilishi ta`minlanadi.

“O`z navbatida yurtimiz fuqarolari va barcha kinoixlosmandlardan ijodkorlarning mualliflik huquqlarini hurmat qilishga hamda bu kabi noqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan o`z fuqarolik burchlarini ko`rsatishlarini so`rab qolamiz», — deyiladi «O`zbekkino» bayonotida.

 

    Boshqa yangiliklar