AsosiyJamiyat

"San`atga baxshida umr. Yayra Abdullaeva" kitobining taqdimot marosimi o`tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida O`zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva hayoti va ijodiga bag`ishlangan "San`atga baxshida umr. Yayra Abdullaeva" nomli kitobning taqdimoti bo`lib o`tdi.Bu haqda “Uzreport” nashri xabar bermoqda.

Kitob muallifi san`atshunos Dilfuza Rahmatullaevaning aytishicha, Yayra Abdullaevaning Turob To`la tragediyasi asosida yaratgan Nodirabegim obrazi ushbu asarning dunyoga kelishiga asosiy sabab bo`ldi. Muallif voqealarni yanada aniq va kitobxonga tushunarli holda etkazish maqsadida ushbu obrazga qayta-qayta murojaat qilgan. Yayra Abdullaeva ushbu asarning yuzaga kelishida bevosita o`zi ham ishtirok etgan.

Ma`lumki, O`zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva “Qutlug` qon” asaridagi Gulnor, “Boy ila xizmatchi”dagi Gulbahor, qolaversa, Qorasoch, Nodirebegim kabi obrazlarni etuk va proffessional darajada ijro etib, o`zbek teatr san`ati tarixida o`ziga xos o`rin egallagan aktrisadir.

    Boshqa yangiliklar