AsosiyShou-biznes

Sevimli va MY5 telekanalidagi “Top dizayner” ko`rsatuvi g`olibiga avtomobil taqdim etiladi

“Top dizayner” ko`rsatuvining yangi — uchinchi bosqich ishtirokchilari kasting asosida tanlab olinganini xabar bergan edik.

Ishtirokchilarning tanishtiruv sharti esa fevral oyining ilk kunlarida efirga uzatilishi rejalashtirilayapti. Shuningdek ko`rsatuv ijodkorlari mazkur mavsumga juda qattiq tayyorgarlik ko`rishayotganini ham alohida ta`kidlab o`tishdi. “Shartlar o`tgan mavsumlarga nisbatan biroz murakkab bo`ladi. G`olib  ham doimgidan ko`ra kattaroq sovg`a bilan siylanadi”, deydi muallif va boshlovchi Zaynabbegim Yunusova. Ma`lum bo`lishicha, uchinchi mavsumda g`olib bo`lgan dizayner O`zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil bilan taqdirlanar ekan!

 

    Boshqa yangiliklar