AsosiyShou-biznes

Sevimli va MY5 iqtidorli bolalar kastingini e`lon qildi

Zaynabbegim Yunusova va O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon muallifligida yangi musiqiy teleloyiha amalga oshirilishi rejalashtirildi.

Hozirda tashkiliy ishlar va kasting jarayoni boshlanish arafasida. Amalga oshiriladigan loyiha qattiq sir tutilayotgan bo`lsada, uni musiqiy tanlov ekanini bilib oldik. Loyihaning maqsadi esa san`atga va musiqaga befarq bo`lmagan bolalar orasidan eng iqtidorlisini tanlab olishdir.

Agar siz ham ushbu kastingda farzandingiz ishtirok etishini istasangiz quyidagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishingiz va tanlov shartlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Tel.: +99871  253-99-40; +99894 678-44-08; + 99890 947 71 00.

    Boshqa yangiliklar