AsosiySport

Futbolchi Adebayor ustidan garov o`ynaldi

Angliyalik komik aktyor Kevin Dey bir necha kun oldin “Kristal Pelas”ga o`tgan Emmanuel Adebayor ustidan garov o`ynadi.

Gap shundaki, Dey togolik hujumchini mavsum yakuniga qadar 10ta gol kiritishiga ishonmaydi. Agar Adebayor buning uddasidan chiqsa, kulgi ustasi "Kristal Pelas" yonida joylashgan Tornton Xit tumanida yalang`och cho`milishga va`da berdi.

Shuningdek, Kevin Dey 100 ming funtni hayriya ishlariga sarf qilmoqchi. 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar