O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimida tashkil etilgan va hozirda O`rta Osiyodagi eng yirik kitob do`koni sanalmish "Kitob olami" tobora keng omma e`tiborini o`ziga jalb qilib kelmoqda. Bunga sabab majmuada yaratilgan keng imkoniyatlar va mahsulotlar turining ko`pligidir.
Bugun do`konda xaridorlar uchun yanada ko`proq qulayliklar yaratish yo`lida turli sa`y-harakatlar amalga oshirib kelinmoqda. Bunda kitob savdosiga eng ilg`or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tatbiq etish ham ko`zda tutilgan. Shularning namunasi o`laroq, 2016 yildan boshlab, majmua xaridorlari CLICK xizmatidan foydalangan holda "Kitob olami"dan o`zlari uchun manzur bo`lgan mahsulotlar, jumladan jahon va o`zbek adabiyoti durdonalarini sotib olish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Demak, Siz CLICK foydalanuvchisi sifatida "Kitob olami" do`konining "www. kitobolami.uz" nomli saytidan 50 mingdan ziyod nomdagi kitoblardan istalganini tanlab olasiz va uyali telefoningiz orqali to`lovni amalga oshirasiz. Bordiyu, kerak bo`lgan kitobingizni topmagan bo`lsangiz, saytning o`zida muallif va kitob nomini ko`rsatgan holda murojaat qoldirishingiz mumkin. Yaqin vaqt ichida do`kon mutaxassislari siz bilan bog`lanib, kitob va eltib berish xizmatining qo`shimcha to`lovi xaqida ma`lumot berishadi.
Siz tanlagan kitoblar O`zbekiston Respublikasining istalgan hududiga pochta orqali jo`natiladi. Demak, siz endilikda qulay tarzda ortiqcha yo`l haqi va vaqt sarflamay turib, sevimli kitobingizni mutola qilish imkoniyatiga egasiz.





