25 yanvar kuni soat 09:20 da Xorazm viloyati Urganch tumani Xonqa ko`chasida noma`lum ayol 2-sinf o`quvchisining qulog`idan sariq metalldan yasalgan ziragini echib olib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tuman ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilik sodir etgan mahalliy aholiga mansub 19 yoshli ayol qo`lga olindi va talonchilik to`liq fosh etildi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





