OAV xodimlari va muxlislar taniqli fotomodel Natalya Vodyanovaning beshinchi farzandiga homilador ekanligini taxmin qilmoqda, deb yozadi “Vesti”.
OAV va “Instagram”da e`lon qilingan yangi suratlar shunday taxmin qilishga asos bo`lgan. Suratlarda Natalyaning qaddi-qomati sezilarli darajada o`zgarganini ko`rish mumkin.

“VKontakte” dagi Natalyaga bag`ishlangan guruhlardan birida yangi fotosurat paydo bo`ldi. Bu suratga Natalya dizayner Ulyana Sergeenkoning taqdimot marosimida tushgan. Vodyanova o`zining bilinib qolgan qornini kameralardan yashirishga uringan, ammo uning ustidagi tor libos bunga imkon bermagan.
33 yoshli supermodel 38 yoshli turmush o`rtog`i, milliarder Antuan Arno bilan to`rt nafar farzandni tarbiyalamoqda. Vodyanovaning turmush o`rtog`i Forbes talqiniga ko`ra, dunyodagi eng badavlat insonlar yuztaligiga kiritilgan.
Natalya, shuningdek hayriya ishlari bilan ham faol tarzda shug`ullanadi.





