AsosiyJamiyat

Poytaxtda yana bir YTH sodir bo`ldi(Foto)

Bugun 29 yanvar soat taxminan 8:30 larda Toshkent shahri Nurafshon ko`chasida Nexia va Damas avtomobillari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`dagi “Voditeli tashkenta” guruhi a`zolari ma`lum qildi.

Suratlarda Nexia`ning yo`ldagi ajratuvchi to`siq ustiga chiqib ketganini ko`rish mumkin.

YTH oqibatida “Neksiya” va “Damas” avtomobillarining har ikkisi jiddiy zarar ko`rgan. Hodisa sabablari va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot keltirilmagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ertalab yuz bergan YTH sababli Nurafshon ko`chasida katta tirbandlik yuzaga kelganini, ba`zilar 15-20 daqiqagacha qolib ketganini yozgan. Birozdan so`ng YPX xodimlari hodisa joyiga etib kelgan va avtomobillar tirbandligiga barham berilgan.

Ma`lumot uchun, 26 yanvar kuni Toshkent shahri O`zbekiston ko`chasida Cobalt, 28 yanvar kuni Jarqo`rg`on ko`chasida "Matiz" va "Neksiya" avtomobillari ishtirokida YTHlar sodir bo`lgan edi. 

    Boshqa yangiliklar