Tehrondan Evro Ittifoqning xalqaro sanksiyasi olib tashlangandan keyin iqtisodiy va siyosiy aloqalarni yangilash yuzasidan Eron prezidenti Xasan Ruhoniyning Italiyadan so`ng navbatdagi safari Fransiyaga qaratildi. Bu haqda “Evronews” nashri xabar bermoqda.
Bu Eron rahbarining o`n etti yillik tanaffusdan keyingi ilk tashrifi bo`ldi.
Birgalikda o`tkazilgan qo`shma matbuot anjumanida Fransiya prezidenti Fransua Olland muzokara nafaqat iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilganini ta`kidladi:
“Men kimdir yadro quroliga oid shartnoma imzolandi, deb o`ylashini istamayman, agar kompaniyalarimiz nihoyat hamkorlikni yo`lga qo`ya olgan bo`lsa, uni yanada rivojlantirishni xohlasa, hududdagi keskin o`zgarishlarga Eron va Fransiya birday javobgar bo`ladi”.
Xasan Ruhoniy Suriya voqealarini quyidagicha izohladi:
“Suriyaliklarning o`zlarigina mamlakatlarida ro`y berayotgan voqealarga kerakli bahoni berishi mumkin. Shubhasiz, ular qayta saylov o`tkazishni talab qilishmoqda. Saylanuvchini xalq saylashi lozim. Suriyaning asosiy muammosi shundaki, bu muammo alohida shaxsga tegishli emas. Bu muammo terrorizm – IShID muammosidir”.
“Terroristlar – bizning umumiy dushmanimiz, – uning fikriga qo`shildi Fransua Olland. – Ular nafaqat Fransiyaga, nafaqat Eronga balki butun dunyoga xavf solmoqda. Biz Yaqin Sharqdagi terrorchilarni moliyalashtiruvchilarga qarshi birgalikda kurashmoqchimiz”.





