AsosiyDunyo

Zika virusi Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotini xavotirga solmoqda

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti Zika virusining tarqalib ketayotganidan xavotirga tushmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 1 fevralida tashkilotning favqulodda vaziyatlar qo`mitasi majlis o`tkazadi, deb xabar bermoqda “Ewronews” Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Margaret Chenning so`zlariga asoslanib.

Mutaxasislarning taxminiga ko`ra, Zika virusi Janubiy, Markaziy va Shimoliy Amerikadagi uch milliondan to`rt million nafargacha bo`lgan insonlarga yuqishi mumkin.

Zika virusi ayniqsa, homilador ayollarga katta xavf tug`dirishi mumkin. Shu munosabat bilan Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti quyidagilarni ta`kidladi:

“Zika virusini yuqtirgan onalardan nevrologik sindrom va yurak porogi bilan kasallangan farzandlar tug`ilishi hozircha isbotlanmagan. Ammo bu xavotirga o`rin yo`q, degani emas. Zika virusi bugungi kunda o`ta yuqori darajadagi xavotirga sabab bo`lmoqda”.

Chivinlar tashiydigan Zika virusini davolovchi vaksina mavjud emas. Mazkur virusni yuqtirgan 80 foiz bemorlarda hech qanday simptomlar kuzatilmaydi. Bu esa tashxis qo`yishni qiyinlashtiradi.

Bugunga kelib, Zika virusi bilan kasallanish dunyoning 23 ta davlatida kuzatildi. Bemorlarning eng ko`p qismi Braziliyaga to`g`ri keladi. Mazkur mamlakatda yashovchi 1,5 million kishi mazkur virusni yuqtirgan. Ayrim mamlakatlar hukumati homilador ayollarni virusni yuqtirib olmaslik chora-tadbirlarini ko`rishga chaqirdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar