Shvesiya hukumati mamlakat hududidan boshpana izlab borgan 60 ming muhojirni deport qilishni rejalashtirdi, deb yozadi “Meduza” nashri.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Anders Igermanning so`zlariga ko`ra,60 ming muhojir-bu hali dastlabki ma`lumot. Ularning soni 80 mingga etishi ham mumkin. Migrantlarni deport qilish uchun charter reyslar faoliyati yo`lga qo`yiladi.
2015 yil mobaynida Shvesiya hukumati 58800 ta muhojirlarning boshpana bilan ta`minlanish to`g`risidagi arizalarini ko`rib chiqqan. Ularning 55 foizi uy-joy bilan ta`minlangan.





