AsosiyShou-biznes

Munisa Rizaeva: “Men balki turmushga chiqqandirman?!”

Xonanda Munisa Rizaeva ayni paytda kubalik xonanda Isaak Real bilan ijro etiladigan duet tarona ustida ish olib bormoqda. Mazkur duetda xonanda o`zbek tilida, Isaak esa ispan tilida kuylaydi. Xonanda “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida ijodi, shaxsiy hayoti haqidagi ko`plab savollarga javob berdi.

“Menga ijtimoiy tarmoqlarda eng ko`p beriladigan savol-‘Qachon turmushga chiqasiz?’ Bu savolga men butun umr kelin bo`lib qolaman. Albatta, bu shaxsiy ish va uni hammaga oshkor qilishni istamayman. Balki, men allaqachon turmushga chiqqandirman?”, —deydi xonanda.

Shuningdek, Munisa Rizaeva “Erkak kishi-bosh, ayol kishi bo`yin” iborasi tarafdori ekanligi hamda o`zining erkak kishiga bo`ysuna olishini ham ta`kidlab o`tgan.

“Erkaklar tabiatan biz ayollardan kuchli qilib yaratilgan. Ammo biz ayollarga insonga hayot baxsh etish mas`uliyati ishonib topshirilgan. O`zingiz o`ylang, bu qanday mas`uliyat? Ammo, erkak kishiga ayol kishi o`zining kuchli tomonlarini ko`rsatmasligi kerak. Ayollar erkaklarning oldida kuchsiz va zaifa bo`lishi kerak, toki erkaklar ularga hamisha suyanishimizni his etsin”, — deydi xonanda

    Boshqa yangiliklar