Ko`pchilik taniqli insonlarning oilasi mustahkam bo`lishiga ishonmaydi. Ammo mashhurlarning orasida ham uzoq yillardan beri muxabbat asnosida turmush qurib yashab kelayotganlar yo`q emas. Quyidagi suratlarni tomosha qilib, bunga o`zingiz amin bo`lishingiz mumkin.
Adriano Chelentano va Klaudiya Mori
Ular 51 yildan beri birga

Bu ikki insonning muxabbati yarim asrdan beri davom etmoqda va hali hanuz muxabbat otashi so`ngani yo`q.
“Ular shuncha yildan beri birga yashashadi va hali hamon bir-birini telbalarcha sevadi”, — deydi ular haqida do`stlari.
Kit Richards va Patti Xansen
Ular 37 yildan beri birga

Kit va Patti 37 yildan beri birga yashaydi. Ular birgalikda ko`plab qiyinchiliklarni engib o`tgan. Xansen: “Kit hayotimni saqlab qoldi. Uning muxabbati va g`amxo`rligi hayotimni quvonch va baxtga to`ldirdi, tushkun kayfiyatdan chiqishimga yordam berdi”, —deydi.
Ozzi Osborn va Sheron Osborn
37 yildan beri birga

Ozzi guruhdan bo`shatilgandan so`ng, Sheron uning karerasini o`z qo`liga oldi. Shundan so`ng ular bir-biriga ko`ngil qo`ydi. Oradan uch yil o`tib ular turmush qurdi. Juftlikning uch nafar farzandi bor. Hayotiy tashvishlar va qiyinchiliklarga qaramay ular hamon birga. “Men uni jonimdan ortiq ko`raman”, —deydi Ozzi.
Semyuel L. Jekson va LaTanya Richardson
36 yildan beri birga

Ular turmushda ko`plab qiyinchiliklarga duch keldi. “O`ttiz yildan beri turmush qurib kelayotgan insoningga qarata ‘Hammasi jonga tegdi’deging keladi ba`zida”, bu so`zning o`rniga ‘Hammasi jonga tegdi, meni kechir’ desa ham bo`ladi”, —deydi Semyuel.
Sting va Trudi Stayler
34 yildan beri birga

Ular 1982 yilda tanishgan va hali hamon birga. “Bir insonga shunchalik bog`lanib qolish mumkinligini tasavvur ham qilolmasdim. Ammo butun umring mobaynida seni sevgan va sen sevgan bir inson bilangina yashab o`tish baxtini so`z bilan ta`riflash mushkul”, —deydi Sting.
Jeymi Li Kyortis va Kristofer Gest
32 yildan beri birga

Bir ko`rishda sevgi-bu ularga xos. Jeymi Li Kyortis sevgilisining suratini jurnalda ko`rib qoladi va dugonasiga “Men mana shu yigitga turmushga chiqaman!”, —deydi. Birozdan so`ng ular tanishdi va ularning munosabati oila qurishgacha bordi.
Kevin Beykon va Kira Sejvik
28 yildan beri birga

Kevin Kiraga etishishi uchun ancha ter to`kkan. Qiz boshida yigitni uncha xushlamagan. Ammo Kevin bo`sh kelmadi. Oxir-oqibat ular turmush qurdi va ikki farzandli bo`ldi.
Xyu Lori va Jo Grin
27 yildan beri birga

“Biz Jo bilan bir-birimizni to`ldirib turamiz. Biz yildan yilga bir-birimizga bog`lanib, yaqinlashib ketyapmiz”, —deydi Lori.
Liza Kudrou va Mishel Shtern
21 yildan beri birga

Ular 1987 yilda tanishgan, o`shanda Liza Mishelni jiddiy qabul qilmagan. Oradan bir necha yil o`tgach, ular “Do`stlar” serialida yana uchrashishdi va o`rtada muxabbat jo`sh urdi.
Ular 21 yildan beri birgalikda o`g`il farzandni tarbiyalamoqda.
Sindi Krouford va Rendi Gerber
21 yildan beri birga

Ular 1995 yilda uchrasha boshlagan. Uch yildan so`ng Kroufordning o`zi Gerberga sevgi izhor qilgan. “Bizning munosabatlarimiz do`stlikdan boshlanib, sevgiga aylandi. Mustahkam oila qurishni istasangiz, bir-biringizga do`st bo`ling”, —deydi Sindi.
Sara Mishel Gellar va Freddi kichik shahzoda
19 yildan beri birga

Bu juftlik omma oldida ko`p ko`rinish berishni xushlamaydi. “Biz oilamizni begona ko`zlardan himoya qilishni istaymiz”, —deydi Freddi. “Shuning uchun ham bizda hammasi yaxshi”.
Jeyms Belushi va Jennifer Sloun
18 yildan beri birga

1998 yilda Belushi haqiqiy oilaviy baxtga erishdi. U Jenniferga uylandi va bu nikoh hamma xavas qilgulik darajada mustahkam bo`ldi. Ularning ikki nafar farzandi bor. “Rafiqam meni hayotda asosiysiga-sevishga o`rgatdi”, —deydi Belushi.
Ben Stiller va Kristin Teylor
17 yildan beri birga

Ular bitr tadbirda uchrashib qoldi va buni taqdirning bebaho tuhfasi deb atadi. Shundan so`ng 17 yil vaqt o`tdi. Ular hamon birgalikda baxtli hayot kechirmoqda va ikki nafar farzandning ota-onasi.
Beyonse va Jey-Zi
14 yildan beri birga

Ular 2002 yilda bir-biriga bo`lgan muxabbatni ommaga oshkor qildi. Juftlik shaxsiy hayoti haqida gapirishni ko`p ham xushlamaydi. Balki, bu baxtli va mustahkam oila qurishning asosiy omilidir?
Robert Dauni-kichkina va Syuzan Levin
13 yildan beri birga

Ular bir-birini topishi uchun uzoq yo`lni bosib o`tdi. Va nihoyat bir-birini uchratdi. Robert Syuzanni uchratganidan so`ng o`zining barcha yomon odatlarini tashladi.





