AsosiyDunyo

Qozog`istonda bemor bolani shifoxonaga olib ketayotgan vertolyot qulab tushdi

Qozog`iston janubida vertolyot qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

“Aspan” AJga tegishli MD-600 vertolyoti bemor bolani Usharal shahridan Toldiqo`rg`on viloyat markazidagi shifoxonaga olib borishi kerak edi. Vertolyot bortida besh kishi-uchuvchi, shifokor-gematolog, feldsher, bola va uning onasi bo`lgan.

Vertolyot bilan aloqa kecha 27 yanvar kuni kunning ikkinchi qismida uzilib qoldi. Vertolyot bo`laklari bugun 28 yanvar kuni Almati viloyatidagi tog` darasidan topilgan. Qozog`iston IIVning xabar berishicha, vertolyot bortidagilarning barchasi halok bo`lgan.

Aviahalokat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlangan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan. 

    Boshqa yangiliklar