AsosiyJamiyat

Jizzax viloyatida yangi dam olish maskani tashkil etildi

Jizzax viloyati Arnasoy ko`li sohilida zamonaviy kempinglar qurildi, deb xabar beradi O`zA.

Aniqroq qilib aytganda kempinglar Qizilqum qishlog`i yaqinidagi Arnasoy ko`li sohilida 20 kishiga mo`ljallangan kempinglar barpo etildi. Shuningdek, xuddi shuncha sayyohlarga xizmat ko`rsatishi mumkin bo`lgan o`tov-mehmonxonani qurish ishlari  ham olib borilmoqda.

Dam olish maskanida sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu erda ular baliq tutishi, qush ovlashi va Qizilqumning betakror tabiati bilan tanishishi mumkin. Qumda harakatlanuvchi qayiqlar va avtomobillar ham keltirilmoqda.

Joriy 2016 yilda yana bir nechta dam olish maskanlari qurilishi ko`zda tutilgan.  

Qizilqum va Nurota tog` tizmalari oralig`ida joylashgan Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi yurtimizdagi nodir o`simliklar va hayvonon olami saqlanib qolgan hudud hisoblanadi. Ko`llar va ularning sohillarida O`zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va qushlar yashaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar