Amerikaning markaziy va sharqiy shtatlarida hukm surayotgan qorli bo`ron oqibatida halok bo`lganlar soni 49 taga etdi, deb xabar beradi “Vesti”.
Avvalroq 44 kishining halok bo`lgani aytilgan edi. Mahalliy hukumat vakillarining ta`kidlashicha, o`lim sababi YTHlarda olingan jarohatlar, gazdan zaharlanish va qorni kurash paytida haddan ziyod jismoniy zo`riqish natijasida yurak huruji kelib chiqishi bilan bog`liq. Qorli bo`ron oqibatida halok bo`lganlarning aksariyat qismi Virjiniya shtati aholisi hisoblanadi. Mazkur shtatda yashovchi 12 kishi sovuqdan vafot etgan bo`lsa,Pensilvaniya shtatidan to`qqiz,Shimoli Karolinadan olti kishi sovuq qurboni bo`lgan.
Moody's reyting agentligi tahlil bo`limi mutaxasislarining ma`lumot berishicha, qorli bo`ron mahalliy aholiga 2,5 milliard dollardan 3 milliard dollargacha moliyaviy zarar keltirgan.
Moliyavi zararning asosiy qismi sovuq ob-havo sharoiti tufayli odamlar uylaridan chiqolmay qolgani va buning oqibatida do`konlarda savdo to`xtab qolgani bilan bog`liq. Noqulay ob-havo sharoiti tufali do`konlar, restoranlar va boshqa tadbirkorlik sub`ektlari yopib qo`yilgan.





