Shahzoda Facebook’dagi sahifasida delfin qurshovida tushgan suratini joylashtirdi, deb xabar beradi “Daryo” nashri.

«Yana bir orzuim amalga oshdi. Xudoga shukur. Delfinlar er yuzidagi eng ajoyib va mehribon jonivor. Buni so`z bilan ifodalab bo`lmaydi. Ular bilan birga bo`lgandan so`ng quvonchdan yig`lagim keldi. Qanchalik yoqimtoy, qanday samimiy mavjudot», — deya taassurotlarini o`rtoqlashgan xonanda.
Surat aynan qaerda olingani haqida ma`lumot berilmagan. Foydalanuvchilardan biri Dubay deb taxmin qilgan. Yana bir foydalanuvchi esa «Baxtli delfin ekan, havasim keldi. Uning o`rnida bo`lib qolishni istardim» , deya izoh qoldirgan.





