AsosiySUG'DIYONA

Burni shaklini o`zgartirmoqchi bo`lgan ayol jarrohlik stolida vafot etdi

Rossiyaning Ryazan viloyatida yashovchi 32 yoshli ayol plastik jarrohlik amaliyoti o`tkazish vaqtida hayotdan ko`z yumdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2015 yilning 24 dekabrida Ryazan viloyatida yashovchi 32 yoshli ayol burun shaklini o`zgartirish niyatida plastik jarrohlarga murojaat qilgan. O`sha kunning o`zidayoq operasiyadan oldingi tekshiruv o`tkazilgan  va umumiy narkoz ostida muolaja o`tkazilgan.

Dori vositalari yuborilgach, ayolning yuragi urishdan to`xtagan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan. Anafilaktik shok oqibatida o`lim holati yuz bergan.

“Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan”, —deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar