AsosiySport

FIFA Prezidentligiga besh nafar nomzod ko`rsatildi

Xalqaro futbol federasiyasi saylov qo`mitasi tashkilot rahbarligiga nomzod sifatida besh kishini ko`rsatdi.

Saylovlar tashkilotning navbatdan tashqari kongressida 26 fevral kuni bo`lib o`tadi, deya xabar beradi Euronews.

Bu haqda FIFA bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Markus Kattnerning bayonotida aytilgan.

FIFA Prezidenti saylovida: 45 yoshli UEFA bosh kotibi Janni Infantino, Osiyo futbol konfederasiyasi rahbari (OFK) shayx Salmon bin Ibrohim al-Halifa,  Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Xusayn, JAR uy-joy qurilishi bo`yicha sobiq vaziri va Nelson Mandelaning safdoshi Tokio Seksvale, FIFA sobiq bosh kotibi o`rinbosari fransuz Jerom Shampanlar ishtirok etadi. 

FIFA rahbari yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadi.

Birinchi bosqichda g`alaba qozonish uchun 2/3 ovoz to`plash kerak, keyingilarida esa – 50% plyus yana bitta ovoz.

FIFA Prezidenti to`rt yil muddatga saylanadi. FIFAning hozirgi prezidenti Yozef Blatter 29 may kuni tashkilot kongressida navbatdagi muddatga qayta saylangan, biroq to`rt kun o`tgach tashkilotdagi korrupsiya masalalariga oid mojarolar sababli iste`foga chiqishini ma`lum qilgan.

21 dekabr kuni Blatter, shuningdek UEFA prezidenti Mishel Platini FIFAning ahloq qo`mitasi qarori bilan 8 yil muddatga futboldan chetlashtirildi. 

 

    Boshqa yangiliklar