"Euronews" telekanali orqali efirga uzatilayotgan “O`zbekistondan otkritkalar” turkumidagi reportajlarning navbatdagi soni Marg`ilonga bag`ishlandi, deb xabar beradi "O`zbekturizm" MK axborot xizmati.
Mazkur epizod joriy yilning 25 yanvardan 31 yanvarga qadar namoyish etiladi. Ushbu epizod “O`zbekiston otkritkalari” turkumidagi reportajlarning to`rtinchi soni hisoblanadi. Rolikning asosiy mavzusi dunyoga mashhur Marg`ilon atlasi. Bundan oldingi reportajlarda qadimiy shaharlar Samarqand va Xivadagi tarixiy-madaniy meros haqida hikoya qilingan edi.
Dasturning keyingi qismlari Shahrisabz va Rishtonga bag`ishlanishi rejalashtirilgan.





