AsosiyDunyo

IShID parijlik terrorchilarning “so`nggi so`zini” ko`rsatdi (Video)

Internet tarmog`ida “Islom davlati” guruhi tomonidan tarqatilganligi ehtimoli mavjud video paydo bo`ldi.

Unda Parijdagi terraktlarni sodir etgan to`qqiz nafar jangari tasviri aks etgan. Kadrlar noyabrdagi hujumlardan oldin suratga olingan, hamda yaqinda tarmoqqa joylangan.

Ushbu videotasvirda “Fransiyani tiz cho`ktirish haqidagi” bayonotdan tashqari, bundan keyin ham antiterrorchilik koalisiyasi ishtirokchi mamlakatlari fuqarolarini o`ldirish va`dasi berilgan.

Shuningdek, videoda parij hujumini uyushtirgan jangarilar Suriyadagi asirlarni qatl etishini ko`rsatib bergan.

 

    Boshqa yangiliklar