AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar faoliyati cheklanishi rostmi?

21 yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi tomonidan matbuot anjumani o`tkazildi.

Anjumanda Harakatning Toshkent shahar Kengashi raisi M.Zufarov 2015 yil davomida Harakatning hududiy Kengashi tizimidagi tuman Kengashlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to`g`risida axborot berdi.

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan savollarga tegishli javob berildi.
Mazkur anjumandan so`ng, ayrim internet nashrlarda O`zbekistonda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar faoliyati cheklanishi haqida xabarlar tarqaldi.

Xususan nashrlarda bugungi kunda Harakat tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, xususan "Telegram”, "Feycbuk” va "Odnoklassniki”ning texnik va boshqa imkoniyatlarini cheklash masalasi ko`rib chiqilayotganligi haqida noto`g`ri axborotlar berilgan.

Ta`kidlash lozim, bugungi kunda “Kamolot” tomonidan internet tarmog`ida milliy segmentni yanada boyitish, rivojlantirish hamda foydali resurslarni ko`paytirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

“Kamolot” bugungi kunda "Feysbuk”, "Twitter” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda o`z sahifasiga ega. Shuningdek, Harakat tomonidan an`anaviy o`tkazib kelinayotgan "Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika tanlovida "Yilning eng yaxshi blogeri” nominawiyasi bo`yicha eng faol blogerlar ra-batlantirib boriladi.
 

    Boshqa yangiliklar