Toshkentda 25 yanvar, dushanba kuni havo harorati kunduzi 18-16 darajagacha issiq, kechasi 3-5 daraja issiq bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda «O`zgidromet» xabar bermoqda.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kunduzi 5-10 daraja issiq,vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ishi mumkin, boshqa hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kunduzi 14-19 daraja issiqni tashkil etadi, yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi.
Toshkent,Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi 13-18 daraja issiq, kechasi 0-5 daraja issiqni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 15-20 darajagacha issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo harorati kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja issiq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida esa havo harorati 5-10 darajagacha issiq, kechasi 2-3 daraja sovuq bo`lishi kutilmoqda.





