AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk marta “Oltin pichoq” oshpazlar chempionati o`tkaziladi

O`zbekiston oshpazlar assosiasiyasi o`zbek pazandalik san`ati xalqaro markazi bilan hamkorlikda «Oltin pichoq» birinchi pazandalik chempionati o`tkazilishini ma`lum qildi. Bu haqda  “Pisma o Tashkente” sayti xabar bermoqda.

Mazkur chempionat professional bosh oshpaz va oshpazlar, pazandalik, mehmonxona, restoran va keytering sohasida ishlovchilar, shuningdek, ushbu yo`nalishdagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo`ljallangan.

Tanlov g`oliblari quyidagicha mukofotlanadi:

Birinchi o`rin -5 million so`m

Ikkinchi o`rin- 3million so`m,

Uchinchi o`rin-1,5 million so`m.

Chempionatda ishtirok etishni istovchilarning talabnomalari taomlar nomi ko`rsatilgan o`zbek yoki rus tillaridagi reseptlarni ham o`z ichiga olishi lozim.

    Boshqa yangiliklar