Show Legend portali tennisda kelishilgan o`yinlarda ishtirok etgan tennischilarning ism-familiyasi qayd etilgan maxfiy hujjat haqida maqola chop etdi, deb xabar beradi “Chempionat” nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, ro`yxatdan so`nggi o`n yil ichida top-50 talikdan o`rin egallab kelayotgan 16 nafar tennischi o`rin olgan.
Manbaga ko`ra, kelishilgan o`yinlarda ishtirok etganlikda rossiyalik Teymuraz Gabashvili, Aleksandr Bogomolov, Igor Andreev, qozog`istonlik Andrey Golubev, avstraliyalik Lleyton Xyuitt va Mettyu Ebden, serbiyalik Yanko Tipsarevich,xorvatiyalik Ivan Dodig, ispaniyalik Albert Montanes va Daniel Ximeno Traver, argentinalik Xuan-Ignasio Chelu, slovakiyalik Lukash Lasko, chexiyalik Yan Gayek, o`zbekistonlik Denis Istomin va amerikalik Maykl Rassel kabi tennischilar gumonlanmoqda.
Ta`kidlab o`tish kerakki, kelishilgan o`yinlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan 15 tennischining sakkiz nafari Avstraliya ochiq chempionatida qatnashadi.





