Ispaniya terma jamoasi va “Chelsi” hujumchisi Diego Kosta londonlik muxlislarning g`azabiga duchor bo`ldi.
Kosta so`nggi vaqtlarda “Chelsi” safida gol kiritmayapti. Shuningdek, u maydonda o`zini tutolmayotgandi.
Qolaversa, Joze Mourino iste`fosiga aynan uning qo`li borligi bois, ishqibozlar Kostani “kalamush” degan bannerlar bilan mashg`ulotda kutib olishgan. Shuningdek, unga qarata turli buyumlarni uloqtirishdi.
Xabarlarga ko`ra, Kosta “Chelsi”ni tark etishi kutilmoqda.





