Ostona ichki ishlar departamenti matbuot xizmati xabar berishicha, internetda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo`lgan videodagi kishining shaxsi aniqlangan, deb yozadi “Uz24.uz”.
Videoda otaning voyaga etmagan qiz farzandlariga shishadagi aroqni idishlarga quyib, go`yo uni ichirayotgani tasvirlangan. Video qahramoni - ota 34 yoshli Ostonada yashovchi fuqaro bo`lib, uning aytishicha, bu video hazil tariqasida olingan va unda shishada aroq emas, mineral suv bo`lgan.
Bundan tashqari, fuqaro ushbu shaxsiy videoyozuvni internetga tarqatgan noma`lum shaxsga nisbatan chora ko`rilishini so`rab, ariza yozgan.
Poytaxt polisiyasi videoyozuvni o`rganib chiqdi. Hozirda ushbu holat bo`yicha tergov olib borilmoqda.





