AsosiySUG'DIYONA

Madxuri Dikshit: “Shoxrux Xonga eng yaxshi partnyor menman”

Uning ko`zlarida yosh ham kuladi. Birgina tabassumi uni eslab qolish uchun etarli sabab bo`ladi. Madxuri Dikshit ishtirokidagi filmlar dunyo ekranlarini bezagan. Ayni paytda u takliflar qurshovida bo`lmasa-da, muxlislar e`zozidagi aktrisa. Yaqinlari uning oilaparvar ekanligini alohida e`tirof etishadi...

— Yulduzli onlarning sog`inchi zavqli bo`lsa kerak?

— Nega bunday savol berayapsiz?! Axir men hamon “yulduz”man, hali ham kinosanoatda o`rnim bor. Balki filmlarim, matbuotdagi chiqishlarim kamaygandir. Bu meni “yulduz”lar safidan o`chirish uchun etarli sabab bo`lmasa kerak.

— Tan oling, bir necha urinishlaringiz omadsiz chiqdi?

— Albatta, tan olaman. Ijodimni tahlil qilib ko`rsangiz, omadsiz kinokartinalarim ko`p. Lekin hech qachon ular mening mavqeimni belgilamaydi.

— Bu jarayon reytingga dahl qiladi-ku!

— Reyting haqida emas, odamlarning yuragi haqida gapirdim. Shunday filmlarim bor, muxlislar ularni so`zma-so`z yodlab olishgan. Aslida men uchun “yulduz”lik bu — bir-bir qo`zg`ab qoladigan isitmaga o`xshash kasallik. O`zimni butunlay bu dardga berib qo`ymaganman. Shunchaki, tasodifan shu mavzudan so`z boshlaganingiz g`alati bo`ldi.

— Juxi Chavla, Shri Devi va siz. O`rtangizda nima bor?

— Raqobat, degan javobni kutayapsiz (kuladi). Albatta, raqobat ham bor, lekin, eng muhimi oramizdagi hurmatni saqlab qolganmiz. Matbuot juda ko`p gaplarni “bolalatgan” bo`lishiga qaramay, kinosanoatchilar munosabatlaridagi iliqlikni saqlab qolishi bu — muvafaqqiyat.

— Shohrux Xon siz haqingizda...

— ...hamisha tabassumimni gapiradi. Uning uchun mening xafa bo`lishga, kimgadir, ayniqsa unga o`qrayib qarashga haqqim yo`q!

— Sizningcha qirol Xonga eng yaxshi partnyor kim?

— Albatta men! Ishonmasangiz, filmlarimizni kuzating, juda munosib juftlik yarata olganmiz. Shohrux hamma bilan ishlashni biladi. Uning yonida yursangiz, sizga ham yuqadigan qandaydir ohanrabosi bor. Lekin haqiqatni tan olaman, Kajol bilan ishlagan filmlarida ikkovi bir-biriga mosligini sezaman.

— Siz ishlagan partyorlar orasida eng esda qolgani?

— Hammasining o`z o`rni bor. Amir bilan ishlash maroqli. U kuldiradi va nimalarnidir mushohada qilishga chorlaydi. Sanjay Datt esa sizni g`alati gap-so`zlari bilan tushunarsiz holatga soladi. Muhimi har biri o`zidan yaxshi esdalik qoldira olgan.

— Televideniedagi faoliyatingizdan qoniqayapsizmi?

— Albatta, axir u erda mening mualliflik loyiham yo`q-ku! Mehmon va ijrochi sifatida hali zerikmadim.

— Bolalaringiz filmlaringizni tomosha qiladimi?

— To`g`risi, ular menga aktrisa sifatida muxlis emas. Lekin onasining ashaddiy ixlosmandlari. Ularning dunyoqarashi boshqa. Mening filmlarim bugungi avlod uchun qanchalik qiziqarli ekanligin o`ylab ko`rmaganman. 

    Boshqa yangiliklar