Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tgan yilda 188 ta holatda etti mingdan ziyod – CD, DVD disklar, qo`l telefonlari, fleshkartalar, noutbuk va planshetlar xotirasidagi behayo mazmundagi fotosurat, videofilm va roliklar aniqlangan, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Viloyat bojxona boshqarmasi katta inspektor-surishtiruvchisining bergan ma`lumotlariga ko`ra, aniqlangan 186 ta holat yuzasidan ma`muriy ishlar yuritilgan va ikki holat bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.
Taqiqlangan mahsulotni yurtimizga shaxsiy qiziqishi evaziga olib kelgan huquqbuzarlarga nisbatan 83 million so`mdan ziyod jarima jazosi qo`llanilib, olingan ashyolar davlat egaligiga o`tkazilgan.
Misol uchun, «Domodedovo – Samarqand» yo`nalishidagi aviareys bilan kelgan fuqaro qo`l telefoni xotirasida 461 dona behayo mazmundagi videoroliklarni chegaradan olib o`tmoqchi bo`lgan. Bojxona nazorati vaqtida bu holat aniqlanib, sud hukmi bilan qo`l telefoni davlat egaligiga o`tkazildi hamda fuqaroga eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.





