AsosiyJamiyat

O`zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi o`tdi

2016 yilning 19 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya O`zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundini o`tkazdi.

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo`yicha yordamchisi Nisha Desai Bisval bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, bu haqda O`zR TIV xabar beradi.

2014 yilning dekabr oyida bo`lib o`tgan siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundidan keyingi davrdagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik holati va istiqbollari ko`rib chiqildi.

Xalqaro muammolarni muhokama qilish doirasida Afg`onistondagi vaziyat rivojiga hamda mintaqaviy masalalarga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar