AsosiyJamiyat

Haydovchilar tomonidan YTH sodir bo`lgan yo`l tanqid ostiga olindi

Feysbuk ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhida yana bir yo`l transport hodisasi aks etgan surat joylandi.

Mazkur suratda poytaxtimizdagi 4-tug`ruq kompleksi yonida tramvay va Gazel to`qnashuvini ko`rish mumkin.

Feysbuk foydalanuvchilari tomonidan hodisa sodir bo`lgan erdagi ta`mirtalab yo`llar tanqid qilingan.

Darhaqiqat, Moliya vazirligi huzuridagi Yo`l jamg`armasi mutasaddilari tomonidan mazkur hudud yo`llariga e`tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo`lardi.  

Mazkur hudud yo`llari haqiqattan ham o`nqir-cho`nqirligi hamda juda torligi bilan haydovchilarga noqulaylik tug`dirib kelmoqda.

Ehtimol hodisa sabab hududdagi yo`l ahvoli yaxshilanishiga yana bir zamin yaralsa ajab emas.

    Boshqa yangiliklar