AsosiyJamiyat

Farzandlariga aroq ichirayotgan ota muhokamalarga sabab bo`ldi (VIDEO)

Facebook ijtimoiy tarmog`idagi mazkur video qizg`in va keskin tanqidlarga sabab bo`lmoqda.

Videoda qozog`istonlik ota o`zining kichik yoshdagi bolalariga aroq quyib berayotgani va o`zi ham undan iste`mol qilayotgani aks etgan.

O`zbekistonlik Feysbuk foydalanuvchilari tomonidan otaning bu hatti-harakati qattiq tanqid ostiga olindi.

Video tasvirda esa bu ish farzandlarga zo`rlab emas, shunchaki o`yin tarzida qildirilayotganini ko`rish mumkin, biroq bu ishning oqibati yaxshilikka olib kelmasligini barchamiz bilamiz. Mazkur video 2 kun ichida Feysbukda 103 ming marotaba ko`rildi.

Xususan, mazkur videoni tarmoqqa joylagan odam bunga quyidagi izohni bergan:

“Bu Qozog`iston. Agar bu jinoiy javobgarlik bo`lsa, bu ota-onalarga hech narsa endi yordam bera olmaydi, ammo bolalarni hali qutqarish mumkin.”

Boshqa foydalanuvchilar esa Qozog`iston jinoyat kodeksi moddalarini keltirib o`tib, buni jinoyatdan boshqa narsa emasligini aytib o`tgan.

Biz yuqorida keltirilgan fikrlarga aniqlik kiritish uchun Qozog`iston Respublikasi me`yoriy hujjatlari bilan ham tanishib chiqdik:

Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 152-moddasiga binoan voyaga etmagan bolalarni narkotik yoki spirtli ichimliklar ichishga jalb qilish 180-200 soat jamoat ishiga jalb qilish, 1 dan 2 yilgacha ahloqni tuzatish ishlari, olti oygacha hibsga olish, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo qo`llaniladi.

    Boshqa yangiliklar