AsosiyShou-biznes

Lolaning sobiq turmush o`rtog`i uylandi

“Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Lola Yo`doshevaning sobiq turmush o`rtog`i Shohrux uylandi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

To`y 16 yanvar kuni Toshkentdagi Yakkasaroy restoranida bo`lib o`tgan. Kuyov va kelinning to`yda tushirilgan fotosuratlari esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Nashrning xabar berishicha, Shohrux va Lola 2005 yilda turmush qurishgan edi. O`shanda ularning to`y oqshomi, Lolaning kelinlik libosidan tortib, shohona oq tulpori va to`y uchun keltirilgan kapalak uzoq vaqt muhokama qilingan edi. Ro`zg`or, uy yumushlari, oilaviy ikir-chikirlar sabab san`atdan biroz uzoqlashgan xonanda 2011 yildan tinimsiz ijodni boshlagan edi. Darvoqe, ularning bir o`g`il va bir qiz farzandi bor.

    Boshqa yangiliklar