AsosiyJamiyat

Vazirlar Mahkamasida 2015 yil sarhisobi qilinib, 2016 yil istiqbollari belgilandi

15 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan kengaytirilgan majlisi bo`lib o`tdi.  

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma`ruza qildi. 

Davlatimiz rahbarining nutqida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligiga qaramay, 2015 yilda iqtisodiy dasturning eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy o`zgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlash bo`yicha har tomonlama puxta Dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot o`sishining barqaror va yuqori sur`atlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi. 

Majlisda Bosh vazir o`rinbosarlari, vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari rahbarlari hamda viloyatlar hokimlarining hisoboti eshitildi. Muhokama qilish yakunlari bo`yicha 2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini ta`minlashga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan respublika Hukumati qarori qabul 

    Boshqa yangiliklar